Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an raisligida vazirlar kengashi yig’ilishi bo’lib o’tadi
Prezidentlik saroyida bo’lib o’tadigan yig’ilishda sharqiy O’rta yer dengizidagi vaziyat, ahamiyatga molik dolzarb mintaqaviy masalalar, jumladan Liviya va Suriyadagi vaziyat, terrorizmga qarshi kurash va iqtisodiyotdagi o’zgarishlar muhokama qilinadi.
Bugun Turkiya Respublikasi prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an raisligida vazirlar kengashi yig’ilishi bo’lib o’tadi.
Prezidentlik saroyida bo’lib o’tadigan yig’ilishda sharqiy O’rta yer dengizidagi vaziyat muhokama qilinadi.
Shuningdek, Turkiya tomonidan keskinlikni oldini olish maqsadida amalga oshirilgan tashabbuslarining natijalari ko’zdan kechiriladi.
Shu bilan birga, ahamiyatga molik dolzarb mintaqaviy masalalar, jumladan Liviya va Suriyadagi vaziyat, terrorizmga qarshi kurash va iqtisodiyotdagi o’zgarishlar ham muhokama qilinadi.
Bundan tashqari, Turkiyada oxirgi vaqtlarda koronavirus infektsiyasining tarqalish darajasi takror kuchaya boshlagani va buni oldini olishga qaratilgan keng ko’lamli yangi chora-tadbirlar ko’rib chiqiladi.
Yig’ilishdan so’ng, prezident Erdo’g’anning bayonot berishi kutilmoqda.
Aloqador xabarlar
Erdo‘g‘an bilan Pashinyan o‘zaro gaplashib oldilar
Prezident Erdo‘g‘an bilan Nikol Pashinyan, telefon orqali muloqot qildi.