Erdo'g'an Liviya bosh vaziri Fayoz as-Sarrojni qabul qildi

Uchrashuvda Turkiya tomonidan Liviya qonuniy hukumatining qo'llab-quvvatlanishi, mamlakatdagi ichki nizolarni bartaraf etish uchun tinch yo'l bilan amalga oshirilayotgan diplomatik sa'y-harakatlar muhokama qilindi.

1485782
Erdo'g'an Liviya bosh vaziri Fayoz as-Sarrojni qabul qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Liviya bosh vaziri Fayoz as-Sarrojni qabul qildi.

Istanbuldagi Vahdettin ko'shkida matbuotga yopiq ravishda bo'lib o'tgan uchrashuv 2 soat 35 daqiqa davom etdi.

Uchrashuvda Turkiya tomonidan Liviya qonuniy hukumatining qo'llab-quvvatlanishi, mamlakatdagi ichki nizolarni bartaraf etish uchun tinch yo'l bilan amalga oshirilayotgan diplomatik sa'y-harakatlar muhokama qilindi.

Ikki yetakchi mamlakatda doimiy sulh tuzish tashabbuslari hamda sharqiy O'rta yer dengizidagi mojarolar bo'yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

 

 



Aloqador xabarlar