Prezident Erdo‘g‘an, Turkiyani tuzoqqa tushirmoqchi bo‘lganlarning oqibatiga e’tibor qaratdi

Prezident Erdo‘g‘an, Anqara - Nig‘de avtomobil yo‘lining ochilish marosimida nutq so‘zladi.

1485042
Prezident Erdo‘g‘an, Turkiyani tuzoqqa tushirmoqchi bo‘lganlarning oqibatiga e’tibor qaratdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, ko‘plab tuzoqlari orqali Turkiyani ahloq va vijodanga sig‘magan o‘yinlari bilan yo‘ldan urishga harakat qilganlarning husronga uchrashini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an, Anqara - Nig‘de avtomobil yo‘lining ochilish marosimida nutq so‘zladi.

Prezident o‘z nutqida, hisoblashlarga ko‘ra bir yilda bu avtomobil yo‘li yordamida Turkiyaning vaqtdan 885 million lira, suyuq yoqilg‘idan esa 743 million lira jami 1 milliard 628 million lira daromad topishini ma’lum qildi.

Bir necha xususiyati bilan Anqara – Nig‘de avtomobil yo‘li loyihasi orqali kelajakning yo‘lini qurganliklarini belgilab o‘tgan Prezident Erdo‘g‘an,

“Maqsadimiz 1915 Chanoqqal’a ko‘prigini 18 – mart 2022 – yilga xizmatga ochishdir.” dedi.

Prezident Erdo‘g‘an, “ Bir necha joyda Turkiyaning o‘rni his qilinayotgan bo‘lsa uning ortidan biz ega bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy va harbiy kuch bordir. Ko‘plab tuzoqlari orqali Turkiyani ahloq va vijodanga sig‘magan o‘yinlari bilan yo‘lidan qaytarishga uringanlar, husronga uchraydi”. deya gapirdi.  



Aloqador xabarlar