Liviya ichki ishlar vaziri Fethi Bashag’a Turkiyaga tashrif buyurdi

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Liviya ichki ishlar vaziri Fethi Bashag’ani Turkiya milliy mudofaa vazirligi qarorgohida harbiy marosim bilan kutib oldi.

1480628
Liviya ichki ishlar vaziri Fethi Bashag’a Turkiyaga tashrif buyurdi

 

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Liviya ichki ishlar vaziri Fethi Bashag’a bilan uchrashdi.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligining rasmiy sahifasida ma’lum qilingan.

Ma’lumotga ko’ra,  Hulusi Akar Liviya ichki ishlar vaziri Fethi Bashag’ani Turkiya milliy mudofaa vazirligi qarorgohida harbiy marosim bilan kutib olgan.

Yetakchilar o’rtasida bo’lib o’tgan uchrashuvda Liviyadagi so’nggi vaziyat bo’yicha fikr almashilgan.


Tanlangan kalimalar: #Hulusi Akar , #Fethi Bashag’a , #Turkiya , #Liviya

Aloqador xabarlar