Erdo‘g‘an: “Turkiya O‘rta yer dengizida ham, Egeyde ham, Qora dengizda ham o‘z haqqini oladi.”

Erdo‘g‘an Mushdagi Malazgirt Milliy bog‘i maydonida uyushtirilgan Malazgirt g‘alabasining 949 – yilligi munosabati bilan uyushtirilgan dasturdagi nutqida, Sharqiy O‘rta yer dengizi masalasiga to‘xtaldi.

1479452
Erdo‘g‘an: “Turkiya O‘rta yer dengizida ham, Egeyde ham, Qora dengizda ham o‘z haqqini oladi.”

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Turkiyaning O‘rta yer dengizida ham, Egeyde ham, Qora dengizda ham o‘z haqqini olishini qayd etdi.

Erdo‘g‘an Mushdagi Malazgirt Milliy bog‘i maydonida uyushtirilgan Malazgirt g‘alabasining 949 – yilligi munosabati bilan uyushtirilgan dasturdagi nutqida, Sharqiy O‘rta yer dengizi masalasiga to‘xtaldi va bu haqida,

“Nimadir qilmoqchi bo‘lsak uni amalga oshiramiz, badalini ham to‘laymiz. Badal to‘lashga ro‘zi bo‘lganlar, bizga teng kelmoqchi bo‘lsa marhamat qilsin. Aks holda uzoq tursin.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Prezident Erdo‘g‘an,

“Vizantiya vorisligiga bizni loyiq deb topmaganlarning yevropaliklarning orqasiga bekinib olib haqsizlik, huquqsizlik, qaroqchilik ketidan yugirib yurishlari tarixdan ibrad ololmaganliklarini ko‘rsatadi.” dedi.

Erdo‘g‘an Turkiyaning hechkimning tuprog‘i, mustaqilligi va manfaatiga ko‘z tikmaganidek o‘ziga oid bo‘lganlarni ham aslo oldirib qo‘ymasligini qayd etdi. 

“Hamsuhbatlarini o‘ziga kelishga, harob bo‘lishlariga yo‘l ochadigan noto‘g‘ri harakatlardan uzoq turishga chaqiramiz.” degan Erdo‘g‘an, Turkiyaning bundan buyon sabri sinalib, qarorliligi, imkonlari va jasorati testdan o‘tkaziladigan davlat emasligini hammaning ko‘rishini xohlashini ta’kidladi. 

Prezident Erdo‘g‘an,

“Turkiyaga qarshi amaliyot uyushtirish havasi puchga chiqqanlar, qidirgan imkonlarni topolmaydi.” dedi.



Aloqador xabarlar