Turkiya Sudanga insonparvarlik yordami yubordi

Sudanga yuborilgan tibbiy vositalardan iborat insonparvarlik yordami poytaxt Hartumga yetib bordi.

1477691
Turkiya Sudanga insonparvarlik yordami yubordi

 

Turkiya COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda ko’maklashish maqsadida Sudanga tibbiy himoya ashyolari hamda dori vositalaridan iborat insonparvarlik yordami yubordi.

Sudanga yuborilgan tibbiy vositalardan iborat insonparvarlik yordami poytaxt Hartumga yetib bordi.

Turk qizil yarim oy jamiyati tomonidan tayyorlangan mahsulotlar bilan Hartumga parvoz qilgan samolyot Turkiyaning Sudandagi favqulodda va muhtor elchisi Irfon Nezirog'li va Sudan rasmiylari tomonidan kutib olindi.

Insonparvarlik yordami tarkibida ventilator - sun'iy nafas oldirish jihozi, niqob va himoyalovchi kombenizondan iborat tibbiy vositalar (1236 quti) o'rin olgan.

"Ushbu insonparvarlik yordami bilan birga nafaqat prezidentimizning, balki turk xalqining ham salomini yetkazdik",-deb aytgan elchi Irfon Nezirog'li.

Sudan sog'liqni saqlash vazirligi xodimi Afaf Shakir ko'rsatgan yordamlari uchun Turkiya hukumati va xalqiga minnatdorlik bildirdi.

Sudanda shu kungacha COVID-19 tufayli 476 kishi vafot etgan, virusga chalinganlar soni 12 623 nafarni tashkil qilmoqda.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #insonparvarlik yordami , #Sudan , #Turkiya

Aloqador xabarlar