Erdo‘g‘an: “YI, o‘z prinsiplariga qanday hiyonat qilganini ko‘rishi kerak.”

Istanbulda joylashgan Do‘lmabaxchedagi ofisida bayonot bergan Prezident Erdo‘g‘an, Turkiyaning, Qora dengizda 320 milliard kub metr tabiiy gaz zaxirasi topganligi haqida suyunchli xabar berdi.

1477057
Erdo‘g‘an: “YI, o‘z prinsiplariga qanday hiyonat qilganini ko‘rishi kerak.”

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Yevropa ittifoqining Gretsiyani erkalatish orqali, o‘z prinsiplariga qanday hiyonat qilganini ko‘rishi kerakligini qayd etdi.

Istanbulda joylashgan Do‘lmabaxchedagi ofisida bayonot bergan Prezident Erdo‘g‘an, Turkiyaning, Qora dengizda 320 milliard kub metr tabiiy gaz zaxirasi topganligi haqida suyunchli xabar berdi.

Energiyaning rivojlanishning eng asosiy unsuri bo‘lishdan tashqari milliy mustaqillik ta’sisida ham katta ahamiyat kasb etganini ta’kidlagan Erdo‘g‘an, huddi shunday suyunchli xabarni Sharqiy O‘rta yer dengizidagi faoliyatlari natijasida ham berilishidan umidvor ekanligini ta’kidladi.

Sharqiy O‘rta yer dengizida o‘ynalgan ana shuncha o‘yin ortida energiya manbaalarining bo‘lishilishi mo‘jarosi borligini eslatib o‘tgan Erdo‘g‘an,

“Yurtimizning energiya masalasini tubdan hal qilishda qarorimiz qat’iydir. Energiya tarmog‘ida aniq eksportchi davlatga aylangunga qadar to‘xtash ham, tinglash ham yo‘q. Hech kimning haqqiga ko‘z olaytirmay, hech kimga haqqimizni ham yedirib qo‘ymay maqsadlarimiz tomon shaxdam qadam tashlashni davom etamiz.” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Sharqiy O‘rta yer dengizida Gretsiyaning bir tomonli olaroq uglevodorod qidirsh faoliyatlariga to‘xtalgan Erdo‘g‘an,

“Yevropa ittifoqi Gretsiyani erkalatib bizga tashlanishiga yo‘l ochgan ikki yuzlamachiligi yuzasidan yana bir bor, o‘z prinsiplariga qanday hiyonat qilganini ko‘rishi kerak.” dedi.



Aloqador xabarlar