Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Liviyaga tashrif buyurdi

Hulusi Akar va Harbiy bosh shtab rahbari general Yashar Guler boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi Tripolidagi Mitiga aeroportida harbiy marosim bilan kutib olindi.

1474285
Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Liviyaga tashrif buyurdi

 

Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar va Harbiy bosh shtab rahbari general Yashar Guler Liviya poytaxti Tripoliga tashrif buyurdi.

Hulusi Akar va Yashar Guler boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi Tripolidagi Mitiga aeroportida harbiy marosim bilan kutib olindi.

Marosimda BMT tomonidan tan olingan Liviya hukumatining mudofaa vaziri o’rinbosari Selahaddin an-Nemrush, harbiy bosh shtab rahbari general-leytenant Muhammad ash-Sharif, Turkiyaning Liviyadagi favqulodda va muhtor elchisi Serhat Aksen va boshqa ko’plab turk va liviyalik vakillar ishtirok etdi.

Kutib olish marosimidan so’ng, Hulusi Akar va Yashar Guler Turkiya va Liviya o’rtasida tuzilgan harbiy hamkorlik bo’yicha kelishuv doirasida tashkil etilgan Mudofaa, xavfsizlik va harbiy ta’lim bo’yicha hamkorlik qo’mondonligi qarorgohiga yo’l oldi.

Hulusi Akar va Yashar Guler boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi Turkiya va Liviya o’rtasida tuzilgan harbiy hamkorlik bo’yicha kelishuv doirasida amalga oshirilayotgan faoliyatlarni ko’zdan kechiradi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Liviya , #Hulusi Akar , #Turkiya

Aloqador xabarlar