Erdo’g’an:"Turkiyaning O‘rta yer dengizidagi huquqi kafolat ostiga olinadi"

Erdo’g’an Ak partiya majlisida O‘rta yer dengizi bilan bog’liq bahsli mojarolarga to’xtalgan. Prezident Turkiyaning bu hududdagi huquq va manfaatlari xalqaro huquq me'yorlariga muvofiq holda himoyalashini ma'lum qildi.

1472230
Erdo’g’an:"Turkiyaning O‘rta yer dengizidagi huquqi kafolat ostiga olinadi"

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Ak partiya majlisida ma’ruza qildi.

Erdo’g’an O‘rta yer dengizi bilan bog’liq bahsli mojarolarga to’xtalgan. Prezident Turkiyaning bu hududdagi huquq va manfaatlarin xalqaro huquq me'yorlariga muvofiq holda himoyalashini ma'lum qildi.

Bugun Germaniya kantsleri Angela Merkel va Yevrokengash rahbari Charles Michel bilan muloqot qilishini ma’lum qilgan Erdo’g’an shunday dedi:

“Ba’zilariga o’xshab muammomiz tasvirga tushish, kameralar oldida shou o’tkazish emas. Azaliy va abadiy qardoshligimiz natijasida Livandamiz. Mamlakatimizning sharqiy O’rta yer dengizidagi haq-huquqini, manfaatlarini kafolat ostiga olishga qaratilgan sa’y-harakatlarimiz nafaqat ichki siyosatda, balki tashqi siyosatda ham go’yo lakmus qog’oziga o’xshaydi”.

“Hech kim o’zini oyna oldida ko’rmasligi kerak. Ochiq aytmoqchimanki, shou peshidan chopmasligi kerak. O‘rta yer dengizida keskinlikni avj oldirgan tomon Turkiya emas, balki Turkiyani va Shimoliy Kipr Turk Respublikasini yo’qqa chiqargan yunon mentalitetidir. Biz hech kimning haqqiga ko’z olaytirmaymiz, biroq hech kimga haqqimizni yedirib ham qo’ymaymiz!”,-deb ilova qiladi prezident Erdo’g’an.

“Yaqinlarimga, qardoshlarimga hujum qilganlar shuni bilib qo’ysinki, xalqaro huquq va adolat oldida qilmishiga yarasha javob beradilar. Gretsiyaning Egey va O’rta yer dengizi bilan bog’liq niyati yaxshi emas. Turk sohillariga 2 km, yunon sohiliga 580 km uzoqlikda bo’lgan Mais oroli ustida haq talab qilish aqlga to’g’ri kelmaydi. Yevroittifoqni ogohlantirmoqchiman. Yevroittifoqqa a’zo bo’lgan bir davlat Yevropa İttifoqi huquqiga ko’ra, etnik xalqlarning huquqini himoya qilish mas’uliyatini bajaryabdimi yoki bajarmayabdimi? Buni Gretsiya hukumatidan so’rash kerak. 10 kv kmlik maydonning 40 ming kv km dengiz maydoniga ega bo’lish iddaosi xalqaro huquq jihatidan kulgilidir. Gretsiyani Turkiyaning haq va huquqiga hurmat ko’rsatishga chaqiraman”,-deb aytgan Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an.

 


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya , #O'rta yer dengizi , #Turkiya

Aloqador xabarlar