Turk qizil yarim oy jamiyati Yamanga insonparvarlik yordami yubordi

Ma’lumotga ko’ra, may oyida yo’lga qo’yilgan yordam kampaniyasi doirasida mamlakatga har oyda 450 quti, kelgusi oyga qadar jami 2250 qutida oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yordamlari yuborilishi rejalanmoqda.

1471284
Turk qizil yarim oy jamiyati Yamanga insonparvarlik yordami yubordi

 

Turk qizil yarim oy jamiyati Yamandagi nogironlarga 450 qutida insonparvarlik yordami yubordi.

Mamlakatning Aden, Taiz va Hadramevt viloyatlariga 100tadan qutida, Marib viloyatiga esa 150 qutida insonparvarlik yordami yetkazildi va ular kam ta’minlangan nogiron oilalarga tarqatildi.

Ma’lumotga ko’ra, may oyida yo’lga qo’yilgan yordam kampaniyasi doirasida mazkur viloyatlarga har oyda 450 quti, kelgusi oyga qadar jami 2250 qutida oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yordamlari yuborilishi rejalanmoqda.

Eslatish joizki, Turk qizil yarim oy jamiyati ramazon oyida ham Yamandagi muhtoj oilalarga 14 ming 500 qutida insonparvarlik yordami yuborgandi.

Uzoq yillar mobaynida siyosiy notinchlik hukm surib kelayotgan Yamanda Husiylar bilan hukumatga qarashli kuchlar o’rtasida to’qnashuvlar davom etmoqda.

BMTga ko’ra, dunyoda eng og’ir gumanitar inqiroz yuz berayotgan Yamanda aholining 80 foizi shoshilinch yordamga muhtoj vaziyatda.

 



Aloqador xabarlar