Turkiya Livanga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi

Bu safar Turkiyadan tibbiy vositalar va dori-darmon olib borgan Turkiya qurolli kuchlariga oid A400M samolyoti poytaxt Bayrutga qo’ndi.

1471263
Turkiya Livanga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi

 

Turkiya Livanga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi.

Bu safar Turkiyadan tibbiy vositalar va dori-darmon olib borgan Turkiya qurolli kuchlariga oid A400M samolyoti poytaxt Bayrutga qo’ndi.

Eslatib o‘tamiz, bu Bayrutda dahshatli portlash ro’y bergandan beri Turkiyaning Livanga ko‘rsatgan ikkinchi yordamidir. Turkiya portlash sodir bo’lishining ertasi kuni A400 yuk samolyotida Livanga insonparvarlik yordami yuborgandi.

Shuningdek, Turkiyadan bir qator nodavlat tashkilotlari ham Bayrutga qidiruv-qutqaruv guruhi va insonparvarlik yordami yuborgandi.

Shu kunlarda Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKA shoshilinch oziq-ovqatga bo’lgan ehtiyojni qondirish maqsadida Bayrutga taxminan 400 tonna bug’doy yuborishi kutilmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #insonparvarlik yordami , #Livan , #Turkiya

Aloqador xabarlar