Turkiya Sharqiy O‘rta yer dengizidagi huquqini oxirigacha himoya qiladi

Chavusho‘g‘lu, Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan poytaxt Anqarada uyushtirgan mushtarak matbuot anjumanida Sharqiy O‘rta yer dengizidagi oxirgi vaziyat haqida gapirdi.

1471010
Turkiya Sharqiy O‘rta yer dengizidagi huquqini oxirigacha himoya qiladi
ceyhun bayramov-erdogan.jpg
Ceyhun Bayramov.jpg

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Sharqiy O‘rta yer dengizida ham Turkiyaning, ham Kipr Turklarining huquqini oxirigacha himoya qilajaklarini va bundan aslo voz kechmasliklarini qayd etdi.

Chavusho‘g‘lu, Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Jayhun Bayramov bilan poytaxt Anqarada uyushtirgan mushtarak matbuot anjumanida Sharqiy O‘rta yer dengizidagi oxirgi vaziyat haqida gapirdi.

Chavusho‘g‘lu bu haqida, Sharqiy O‘rta yer dengizida Turkiyaning kontinental shelfining g‘arb chegaralariga ruxsat berilgani va burg‘ulash ishlarining davom etishini ma’lum qildi.

Ozarbayjon bilan “bir millat, ikki davlat” tushunchasi bilan faoliyat olib borganliklari va bundan buyon ham o‘z faoliyatlarini huddi mana shu tushuncha asosida davom etishlarini qayd etgan Chavusho‘ g‘lu, bu jihatdan, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmining 15 milliard dollarga chiqarilishi kerakligini ifoda etdi.  

Chavusho‘g‘lu Turkiya bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi o‘zaro investitsiyalarning ortganiga e’tibor qaratgan holda Turkiyada, ayniqsa, energetika tarmog‘ida eng buyuk loyihalarni Ozarbayjon yo‘lga qo‘yayotganini bildirdi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi taranglik bo‘yicha esa,

“Armaniston muammoni hal qilishga yonashmayapdi, hujumlarini davom ettirmoqda. Ozarbayjon qaysi yo‘lni tanlasa, ana shu tomondamiz” dedi.

Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Bayramov ham bergan bayonotida, Turkiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarning har tarmoqda rivojlangani va savdo hajmining ortganini qayd etdi.

Ortidan Bayramov Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an tomonidan qabul qilindi.

Prezidentlik kulliyasidagi ushbu qabul 45 daqiqa davom etdi.



Aloqador xabarlar