Erdo’g’an Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muloqot qildi

Ozarbayjon prezidentlik matbuot xizmati xabar berishicha, Ilhom Aliyev Erdo’g’anga qo’ng’iroq qilib, muborak Qurbon hayiti bilan tabrikladi.

1465086
Erdo’g’an Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muloqot qildi.

Ozarbayjon prezidentlik matbuot xizmati xabar berishicha, Ilhom Aliyev Erdo’g’anga qo’ng’iroq qilib, muborak Qurbon hayiti bilan tabrikladi.

Suhbat chogʻida Turkiya va Ozarbayjon oʻrtasidagi yaqin qardoshlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari koʻrib chiqildi. Har tomonlama munosabatlarning kun sayin rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan baholanib, munosabatlarni yana-da rivojlantirishga ishonch hosil qilindi.

Yetakchilar Turkiya va Ozarbayjonning keng ko’lamli qo’shma harbiy mashg’ulotlari muvaffaqiyatli davom etayotganligiga e’tibor qaratdi. Shuningdek, harbiy mashg’ulot ikki davlat o’rtasidagi do’stlik va qardoshlik munosabatlarining yorqin ifodasi ekanligini ta’kidladilar.

Aliyev oxirgi kunlarda Armanistonning provokativ harakatlari natijasida yuzaga kelgan hodisalar tufayli Ozarbayjonni qo’llab-quvvatlagani uchun Erdo’g’anga minnatdorlik bildirdi.

Muloqot chog'ida yetakchilar ikki tomonlama va xalqaro ahamiyatga molik qator dolzarb masalalarni muhokama qildilar. Koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish, pandemiyaning o'zaro manfaatli hamkorlikka salbiy ta'sirini kamaytirish bo'yicha o'zaro yaqin muvofiqlashuv va sheriklikni davom ettirish muhimligi ta'kidlandi.

Suhbat har doimgidek samimiy, ochiq va do'stona ruhda bo’lib o'tdi.

 

 



Aloqador xabarlar