Erdo’g’an barchani Hosil bayrami munosabati bilan tabrikladi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an qishloq xoʻjaligi xodimlarining anʼanaviy bayrami bo’lmish Hosil bayrami munosabati bilan barchani tabrikladi. Halol va fidokorona mehnatlari uchun ularga minnatdorchilik bildirdi.

1462249

Ushbu kun munosabati bilan Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasining twitterdagi rasmiy sahifasida videolavha namoyish qilindi.

“Mamlakatimiz ravnaqiga, iqtisodiyotimiz rivojlanishiga, ishlab chiqarish va unumdorlikni oshirishga katta hissa qo’shgan qishloq xoʻjaligi xodimlarining Hosil bayrami muborak bo’lsin!”,-deb ilova qilinadi videolavhaga.

“Hosil bayrami dexqonlarimizning bir yillik mehnati, peshona teri va sabrining samarasini yig’ib oladigan bayramdir. Sizlar bugun nafaqat dalalardagi hosilni yig’ib olyabsiz, balki sabr bilan qilgan bir yillik mehnatingizning mevasini yig’ib olyabsiz. Sizlar Rabbimiz tomonidan insoniyatga bahshida qilingan muqaddas ona tuproqning, quyoshning, suvning barakasiga yana bir bor guvohlik qilyabsiz. Mana shu kunda butun Turkiyada astoydil mehnat qilayotgan dexqonlarimizni, qishloq xoʻjaligi xodimlarimizni Hosil bayrami bilan chin yurakdan tabriklayman!”,-dedi Turkiya prezidenti Erdo’g’an.

Aloqador xabarlar