Erdo’g’an Niger Respublikasi prezidenti bilan muloqot qildi

Muloqot chog’ida ikki davlat munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar va mintaqaviy dolzarb masalalar muhokama qilindi.

1461832
Erdo’g’an Niger Respublikasi prezidenti bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Niger Respublikasi prezidenti Mahamadou Issoufou bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, muloqot chog’ida ikki davlat munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar va mintaqaviy dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, ikki davlat iqtisodiyotiga pandemiya oqibatlarining salbiy taʼsirini kamaytirish borasida birgalikda koʻrilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.  Bu boradagi saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishni yana-da kuchaytirish muhim ekani taʼkidlandi.

 



Aloqador xabarlar