Turkiya, Turk bayrog‘ining Selanikda yoqilishiga ruxsat berilishini keskin qoraladi

Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Hami Akso‘y, Ayo Sofiya buyuk masjidining ibodatga ochilishiga qarshi Gretsiyada uyushtirilgan namoyishlar haqidagi savolga javob berdi.

1461661
Turkiya, Turk bayrog‘ining Selanikda yoqilishiga ruxsat berilishini keskin qoraladi

Turkiya, gretsiyalik rasmiylarning bayonotlari orqali xalqni gij – gijlagani va Turk bayrog‘ining Selanikda yoqilishiga ruxsat berilishini keskin qoraladi. 

Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Hami Akso‘y, Ayo Sofiya buyuk masjidining ibodatga ochilishiga qarshi Gretsiyada uyushtirilgan namoyishlar haqidagi savolga javob berdi.

Akso‘y, Gretsiyaning e’tiroz bildirish bahonasi bilan islomga va Turkiyaga qarshi dushmanligini yana bir bor o‘rtaga qo‘yganligini belgilab o‘tgan holda,

“Grek hukumati va parlament a’zolarining dushmanlardek bergan bayonotlari orqali xalqni gij – gijlagani va Turk bayrog‘ining Selanikda yoqilishiga ruxsat berishini keskin qoralaymiz” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Ayo Sofiya buyuk masjidida takror ibodat qilinishini qabul qilolmagan Yevropaning erkatoy bolalarining yana ahmoqlik qila boshlaganini qayd etgan Akso‘y,

“Tarixdan kerakli saboqni olmagan bu irqchi ko‘z qarashlarning, muqaddas bayrog‘imizga xurmatsizlik qilganlarning Egeydagi oqibatini yaxshi eslashlari lozim. Gretsiya, 567 yildan beri uyg‘anolmagan Bizans uyqusidan uyg‘onishi va buning xavotirchiligidan qutilishi kerak” dedi.

Akso‘y, yurtidagi Musulmon Turk ozchiliklariga qarshi uyushtirgan bosimlarining Yevropa Inson huquqlari sudi qarori bilan tasdiqlangan, tuproqlaridagi tarixiy jome’ masjidlarining yiqilishiga ko‘z yumgan, poytaxtida jome’ masjidi yo‘q yagona Yevropa davlatining Gretsiya ekanligini eslatib o‘tgan holda, o‘z so‘zini quyidagicha davom etdi:

“Milliy mustaqilligidan foydalanish masalasida dunyoning hech qaysi davlati Turkiyaga saboq berolmaydi. Turk xalqining irodasi bilan ibodatga ochilgan Ayo Sofiya buyuk masjidi, tuprog‘imizdagi boshqa madaniy boyliklarimizdek Turkiyaga oid va umrbot himoyamizda bo‘ladi. Ayo Sofiyaning ibodatga ochilishi, 1972  UNESCO Jahon Madaniy va tabiiy merosning himoya qilinishi haqidagi shartnoma talabiga ham javob beradi. Turkiyaning barcha diniy haq va erkinliklarga bog‘lik ekanligi va bag‘rikenglik an’anasi asosida dinlarning hammasiga quchoq ochgan dini, Islomning ma’badi Ayo Sofiya buyuk masjidi, bundan buyon ham hammaga ochiq bo‘lishni davom etadi.”

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ayo Soyiya , #Gretsiya

Aloqador xabarlar