Iroq shimolida jangarilar bilan bo'lgan otishmada turk harbiy halok bo'ldi

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

1444804
Iroq shimolida jangarilar bilan bo'lgan otishmada turk harbiy halok bo'ldi

 

Ma'lumki, Turkiya Qurolli kuchlari Iroq shimolida "Burgut panjasi" nomli harbiy amaliyot o'tkazmoqda.

Harbiy amaliyot ketayotgan hududda jangarilar bilan bo'lgan to'qnashuvda turk harbiy halok bo'ldi. 

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

""Burgut panjasi" nomli harbiy amaliyot ketayotgan hududda jangarilar bilan bo’lgan to’qnashuvlarda (2020-yil 28 iyun) qahramon turk harbiy halok bo’ldi. Shahidimizni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Shahidimizning motamsaro oilasiga, Turkiya Qurolli kuchlariga va turk xalqiga chuqur ta’ziya izxor etamiz”,-deyiladi ma'lumotda.

Harbiy amaliyot doirasida Iroq shimolidagi Zap hududida bir jangari yo'q qilindi.

Eslatma: Turkiya Qurolli kuchlari 15 iyunda Iroq shimolida “Burgut panjasi” (Pence-Kartal) harbiy amaliyotini boshlangandi.

Harbiy amaliyotda Iroq shimolidagi terror pozitsiyalariga zarba berilmoqda.



Aloqador xabarlar