Mevlut Chavusho’g'lu, AQShning Liviya mavzusida ijobiy yondashuvi mavjudligini bildirdi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g'lu, Prezident Rajap Tayyip Erdo’ag'an va AQSh Prezidenti Donald Tramp o'rtasida Liviya mavzusida ijobiy yondashuv mavjudligini AQSh bilan Liviyada  ishlash bo'yicha ko'rsatma berilganligini bildirdi.

1439362
Mevlut Chavusho’g'lu, AQShning Liviya mavzusida ijobiy yondashuvi mavjudligini bildirdi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g'lu, Prezident Rajap Tayyip Erdo’ag'an va AQSh Prezidenti Donald Tramp o'rtasida Liviya mavzusida ijobiy yondashuv mavjudligini AQSh bilan Liviyada  ishlash bo'yicha ko'rsatma berilganligini bildirdi.

Chavushog'lu, Amerikada joylashgan Turk-Amerika Milliy Boshqaruv Komiteti (TASC) tomonidan videokonferensiya orqali uyushtirilgan panelda kun tartibiga doir mulohazalarini bildirdi.

Turkiya-Amerika munosabatlarida doimo yaxshi-yomon  vaziyatlar bo’lib turganini ta'kidlagan Chavusho’g'lu, yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) epidemiya jarayonida ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarda  " rivojlanishlar bo’ldi" dedi.

Prezident Erdo’g'an bilan  Tramp, yuqumli kasallikning boshlanishidan beri  muloqotda bo'lib kelganini  aytgan Chavusho’g’lu, Turkiyaning  AQShga  ko'rsatgan tibbiy yordami juda ijobiy aks etdi va bu haqiqiy ittifoq nimani anglatishining  muhim ko‘rsatkichi  ekanligini aytdi.

Yaqinda AQShning Liviyada faolroq harakat qila boshlaganligini bildirgan Chavusho’g'lu, quyidagicha davom etdi:

"Janob Prezident, Turkiya va biz Amerika Qo'shma Shtatlari sifatida birgalikda ishlashni taklif qildik. Janob Trump ham masalaga  ijobiy qaradi va tashqi ishlar vazirlari,  mudofaa vazirlari razvedka saviyasida ishlash  ko'rsatmalari oldik. Endi texnik saviyada do'stlarimiz  o’z oralarida uchrashmoqdalar. Bu yerda biz birgalikda harakat qilishimiz, mintaqaning barqarorligi va Liviyaning  kelajak uchun ham muhimdir. "

Vashingtonning bo'lginchi terror tashkiloti YPG / PKKga yordam berishda davom etish tufayli,  Turkiya  bilan AQSh o’rtasida  nazariya farqlari mavjud  degan Chavushog'lu,  bu vaziyat  boshqa mintaqaviy mavzularda esa  bahs mavzusi emas deya  qayd etdi.

Chavusho’g’lu,

"AQShning Suriyadagi YPG bilan hamkorligidan biz juda  ham bezovtamiz. Bu yerda, ayniqsa Suriyaning bo'linishi bo'yicha bunday harakatlarning  to'xtatilishi kerak. Bu bizning munosabatlarimizga putur yetkazadigan eng muhim muammolardan biri” deya baholadi.

Turkiyaning Fetullahchi terror tashkiloti a'zolarining qaytarib olish talabi  va Anqara Rossiyadan sotib olgan S-400 havo mudofaa tizimlari ikki davlat o'rtasidagi muammolar  ekaniga diqqat  qaratgan Chavusho’g’lu,

"Aytishimiz mumkinki, yaqinda oramizda bir yumshash bahs mavzusi ayniqsa o'tgan yilga nisbatan. Bizning Idlib operatsiyamizdan so'ng, Amerikaning  bizni kuchli qo'llab-quvvatlashini  ko’rdik" deya qayd etdi.

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Kelishuv , #Liviya , #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar