Prezident Erdo‘g‘an, Turk harbiylarining faoliyatini baholadi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar, hamrohligidagi hay’at bilan mamlakatning Shanliurfa chegarasida tekshiruv ishlari yuritdi.

1430337
Prezident Erdo‘g‘an, Turk harbiylarining faoliyatini baholadi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar, hamrohligidagi hay’at bilan chegarada tekshiruv ishlari yuritdi.

Hulusiy Akar Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab boshqarmasi raisi general Yashar Guler, Quriqlik kuchlari qo‘mondoni general Umit Dundar, Harbiy – havo kuchlari qo‘mondoni general Hasan Kuchukakyuz va Harbiy – dengiz kuchlari qo‘mondoni admiral Adnan O‘zbal bilan Turkiyaning Shanliurfa viloyatiga tashrif buyurdi.   

Shanliurfa aeroportida shahar hokimi Abdullah Erin, ikkinchi qo‘shin qo‘mondoni general - leytenant Sinan Yayla va boshqa rasmiylar tomonidan kutib olingan Akar va qo‘mondonlar, chegaralardagi qo‘shinlar orasida tekshiruv ishlari olib bordi.  

Akar va hamrohidagilar shu doirada chegaradagi qo‘shinlarning qo‘mondonlari bilan yuzma – yuz va videomuloqat orqali yig‘ilishlar o‘tkazdi.  

Akar va qo‘mondonlarning tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Shu bilan birga Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar va qo‘mondonlarning chegaradagi yig‘ilishiga telefon orqali bog‘lanib, chegaradagi qo‘shin qo‘mondonlariga xitob etdi.

Prezident Erdo‘g‘an unda,

“Iroqning shimoli, Suriyada olib borilgan Tinchlik bulog‘i amaliyoti, Idlib va Liviyadagi oxirgi vaziyatlar, faoliyatingizning qanchalik oliy darajada ekanligini yaqqol ko‘rsatdi” degan ifodalarga o‘rin berdi.  

Erdo‘g‘an shuningdek,

“Bu hamjihatligimizga butun dunyoning havas qilishiga ishonchim komil. Eng muhimi NATOdagi kuchimizga kuch qo‘shadi” dedi.  



Aloqador xabarlar