Erdo‘g‘an: “Yurtimizning manfaatlari va mazlumlarning haqqini har doim Turk tilida himoya qildik.”

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an 13-may Turk tili bayrami munosabati bilan Twitterda post qoldirdi.

1417409
Erdo‘g‘an: “Yurtimizning manfaatlari va mazlumlarning haqqini har doim Turk tilida himoya qildik.”

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an 13-may Turk tili bayrami munosabati bilan Twitterda post qoldirdi.

Prezident Erdo‘g‘an unda,

“(Turk tilida gaplashamiz) dedik, yurtimizning manfaatlarini va mazlumlarning haqqini har doim Turk tilida himoya qildik. Bundan buyon ham haq va adolat uchun bergan kurashimizni Turk tilida yuritamiz” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Turk bayrog‘i emodzisi bilan “13 – may Turk tili bayramini tabriklayman” degan ifodalarga o‘rin bergan postda, bir video ham bor. 

Erdo‘g‘aning dunyo liderlariga Turk tilida xitob etgan va liderlar bilan oilaviy suratga tushayotgan vaqtda, Turk bayrog‘ini yerdan olib qo‘ygan lahzalar o‘rin olgan videoda, Istanbul meri Erdo‘g‘anga bir telekanal dasturida berilgan va “Turkiya Respublikasi Bosh vaziri bo‘lsangiz, dunyoning boshqa davlatlari bilan aloqa o‘rnatish uchun qaysi tilni tanlardingiz?” degan savolga “Turkcha gaplashaman” deb javob bergan tasvirlariga ham o‘rin berildi. 

Turkiya Buyuk Millat majlisi raisi Mustafa Shentop ham ijtimoiy tarmoqdagi Twitter hisobidagi postida,

“Xalqimizning madaniyat tarkibi va istiqbol iddiosi sifatida minglab yillarning mevasi bo‘lgan Turkchamiz nafaqat aloqa vositasi balki vatan chegaralarini chizgan, so‘zlashilgan har bir nuqtada milliy boyligimizni e’lon qilgan bir ufqdir. Xalqimizning Turk tili bayrami qutlug‘ bo‘lsin” dedi.   



Aloqador xabarlar