Turk Qizil yarim oy jamiyati Yamanga insonparvarlik yordami yubordi

Turk Qizil yarim oy jamiyati ramazon oyi mobaynida Yamandagi taxminan 14 ming oilaga insonparvarlik yordamini tarqatishni rejalagandi. Rejaga muvofiq, 5 mayda 500 oilaga, 6 mayda esa 3400 oilaga insonparvarlik yordami tarqatildi.

1416479
Turk Qizil yarim oy jamiyati Yamanga insonparvarlik yordami yubordi

 

Turk Qizil yarim oy jamiyati Yamanga insonparvarlik yordami yubordi.

Ramazon munosabati bilan Yamanning 4ta viloyatidagi 500ta nogironga insonparvarlik yordami tarqatildi.

Turk Qizil yarim oy jamiyatining Yaman delegatsiyasi rahbari Mustafo Aydin ma’lum qilishicha, ramazon munosabati bilan ko’rsatilayotgan insonparvarlik yordamlari Aden, Hadramevt, Marib va Taiz viloyatlaridagi urush nogironlariga atalgan.

Mustafo Aydinning ta’kidlashicha, ushbu ulug’ ramazon kunida urushdan jabrlangan va umrbod nogiron bo’lib qolgan fuqarolarning biroz bo’lsa ham ko’ngligini ko’tarish, azob-uqubatlarini yengillatish maqsad qilinmoqda.

Ta’kidlash joizki, Turk Qizil yarim oy jamiyati ramazon oyi mobaynida Yamandagi taxminan 14 ming oilaga insonparvarlik yordamini tarqatishni rejalagandi. Rejaga muvofiq, 5 mayda 500 oilaga, 6 mayda esa 3400 oilaga insonparvarlik yordami tarqatildi.

BMTga ko’ra, dunyoning eng dahshatli gumanitar inqiroziga uchragan Yamanda 22 mlndan ortiq inson shoshilinch yordam va himoyaga muhtoj ahvolda.

 



Aloqador xabarlar