Erdo‘g‘an: “Umid qilamanki YI bitta kemada ekanligimizni tushunib yetdi."

Prezident Erdo‘g‘an, Yevropa ittifoqi fikriga hayot baxsh etgan Schuman deklaratsiyasining qabul qilinishining 70 – yilligi munosabati bilan yevropaliklarga murojaat qildi.

1413963
Erdo‘g‘an: “Umid qilamanki YI bitta kemada ekanligimizni tushunib yetdi."

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Turkiya bilan Yevropa ittifoqining mushtarak dushmanining chegara bilmas bir virus ekanligini eslatib o‘tgan holda,

“Umid qilamanki YI bundan buyon bitta kemada ekanligimizni tushunib yetdi” dedi.

Prezident Erdo‘g‘an, Yevropa ittifoqi fikriga hayot baxsh etgan Schuman deklaratsiyasining qabul qilinishining 70 – yilligi munosabati bilan yevropaliklarga murojaat qildi.

Unda, ittifoqning butun dunyoni yer bilan yakson qilgan bir urush (Ikkinchi Jahon urushi) ortidan Yevropaning qayta tiklanishini, mamlakatlarning turli – tumanligini va dushmanlarni bir chetka qo‘yib tinchlik, xavfsizlik va gullab-yashnash uchun quchoqlashishini ta’minlaganligini eslatib o‘tgan Erdo‘g‘an,  

“Bugungi kunda zararli falokatlardan yana biriga duch keldik. Bu gal mushtarak dushmanimiz hech qanday chegara bilmagan, nafaqat sog‘ligimiz balki tinchligimizni, ijtimoiy tartibimizni va insoniy aloqalarimizni xavf ostiga qo‘ygan bir virusdir. Huddi mana shu ko‘zga ko‘rinmagan kichik dushman oxirgi vaqtlarda biz yoddan chiqarayotgan, populistik siyosat va qisqa muddatli milliy manfaatlarimizni qurbon qilishga tayyor ahvolga kelgan “birdamlikning” qanchalik ahamiyatli ekanligin takror eslatdi” dedi.  

YIning to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashlaydigan qadamlari orqali bu inqirozdan ham kuchli ravishda chiqishiga ishonch hosil qilganligini ifoda etgan Erdo‘g‘an,

“Kamsitish va nafrat bir chetka qo‘yilganida Yevropamizning mushtarak manfaati kichik siyosiy o‘yinlarga yoki milliy manfaatlarga fido qilinmaganida, keng ko‘lamli va adolatli bo‘linganida yana da chiroyli kunlarning kelishiga ishonchim komil. Oldimizda, ham pandemiyaga qarshi kurash ham da undan keyingi jarayonda iqtisodiy jihatdan qayta tiklanish va qit’amizni qiziqtirgan mintaqaviy vaziyatlarni boshqarish, tartibsiz migratsiya bilan terroga qarshi kurash faoliyatlarida katta mehnat talab qilgan murakkab kunlar bor” dedi.  

Erdo‘g‘an bu murakkab kunlarning Turkiya – YI munosabatlarini qayta jonlantirish masalasida beradigan imkonlaridan yaxshi foydalanish kerakligini qayd etdi.

Erdo‘g‘an o‘z so‘zida Turkiyaning YIga to‘liq a’zo bo‘lishi natijasining ittifoqni global aktyorga aylantirishini belgilab o‘tgan holda,  

“Fuqarolarimiz bosh bo‘lish bilan birga butun yevropaliklarning 9- may Yevropa kunini tabriklayman” degan ifodalarga o‘rin berdi.

YIning Turkiya delegatsiyasi ham Yevropa kuni tabrigi uchun Prezident Erdo‘g‘anga minnatdorchilik bildirdi.

Unda, “Turkiya Respublikasi Prezidenti Hurmatli Rajap Tayyip Erdo‘g‘an janobi oliylarining YI kuni tabrigini oldik. Hurmatli prezidentga, yaxshi tilaklari uchun katta rahmat” deyildi.



Aloqador xabarlar