Chavusho‘g‘lu, “Xalqaro hamjamiyat tomonidan YI ga ko‘proq ehtiyoj tug‘ilishi mumkin."

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Yevropa fuqarolarining Yevropa kunini tabrikladi.

1414009
Chavusho‘g‘lu, “Xalqaro hamjamiyat tomonidan YI ga ko‘proq ehtiyoj tug‘ilishi mumkin."

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu kelajakda xalqaro hamjamiyat tomonidan kuchli Yevropa ittifoqiga yana da ko‘proq ehtiyoj tug‘ilishi mumkinligini ta’kidlagan holda,

“Bu murakkab kunlarda Turkiya, YIga a’zo bo‘lganida edi ittifoq bundan ham kuchliroq bo‘lardi. U faqatgina yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi emas balki har qanday qiyinchiliklarga qarshi yana da yaxshiroq kurashar edi” deya gapirdi. 

Chavusho‘g‘lu, 9 – may Yevropa kuni munosabati bilan, muhim tinchlik, farovonlik loyihasi va mushtarak qadriyatlar qatorida dunyo tarixida o‘z o‘rnini egallagan Yevropa ittifoqining ijtimoiy hayotning ko‘plab sohalarini tartibga soluvchi umumiy siyosati orqali ham o‘z fuqarolariga, ham da xalqaro hamjamiyatga katta hissa qo‘shganligini bildirdi. Shuningdek, bugungi kundagi Covid – 19 pandemiyasi, avj olgan geosiyosiy raqobat, kop tomonlilikni o‘z ichiga olgan xavflar va mintaqaviy to‘qnashuvlarning butun dunyoni imtihondan o‘tkazayotganiga e’tibor qaratdi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu, xalqaro tizim noaniqliklar va mojarolarga to‘lgan oxirgi paytlarda, unga qarshi kurashish uchun YIning bir tomondan yangi ittifoq tuzishi, ikkinchi tomondan esa mavjud hamkorlari bilan hamjihatlikni oshirishi, kuchiga kuch qo‘shishi kerakligiga e’tibor qaratdi.

Tashqi Ishlar vaziri Chavusho‘g‘lu o‘z so‘zini quyidagicha davom ettirdi:

“YI ga a’zo bo‘lishga nomzod Turkiya, a’zoligi bilan YIning tashkil topish g‘oyalariga bog‘liq, izchil, mas’uliyatli va printsipial global aktyorga aylanishi uchun har qanday hissani qo‘shishga tayyor. Turkiya, bugungi kundagi muammolarni yengib o‘tishda ittifoqga eng ko‘p hissa qo‘sha oladigan davlatlar qatorida birinchi o‘rinda.”

Turkiya va Yevropa ittifoqining tashqi siyosat, iqtisodiyot, savdo munosabatlari, xavfsizlik va terrorga qarshi kurashning chegara boshqarish faoliyatlari, ish bilan ta’minlash, migratsiya siyosati kabi keng ko‘lamli tarmoqda mushtarak manfaatlar bo‘lishganiga to‘xtalgan Chavusho‘g‘lu,

“Turkiya bilan YIning har tarmoqdagi hamkorligini orttirishi nafaqat o‘z manfaatlari balki mintaqa va xalqaro tizimning kelajagi uchun ham alohida ahamiyat kasb etadi” degan ifodalarga o‘rin berdi.

Chavusho‘g‘li shuningdek, Turkiyaning pandemiya paytidagi munosabati bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini isbotlaganligini ham ta’kidlab:

"Bu jiahtdan Yevropa ittifoqidan tor ko‘z qarashdagi milliy yondashuvlarni yengib o‘tgan, ittifoqning global vazifalarni aks ettiruvchi va xilma – xillikdagi birlik shiorini aks ettirgan siyosatni tanlashini kutib qolamiz. Turkiya mushtarak kelajak uchun Yevropa ittifoqi bilan har qanday samimiy va mazmunli hamkorlik g‘oyasiga ochiqdir.  Huddi mana shu fikrlar bilan fuqarolarimiz bosh bo‘lish bilan birga barcha Yevropa fuqarolarining Yevropa kunini chin dilimdan tabriklayman.”



Aloqador xabarlar