Bugun Turkiya Respublikasi salomatlik komissiyasi yig'ilish o'tkazadi

Videokonferensiya shaklida bo’lib o’tadigan yig’ilishdan so’ng Turkiya Sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja matbuotga brifing berishi kutilmoqda.

1411897
Bugun Turkiya Respublikasi salomatlik komissiyasi yig'ilish o'tkazadi

 

Turkiya Respublikasi salomatlik komissiyasi bugun mahalliy vaqt bilan soat 15:00da yig’ilish o’tkazadi.

Videokonferensiya shaklida bo’lib o’tadigan yig’ilishdan so’ng Turkiya Sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja matbuotga brifing berishi kutilmoqda.

Fahriddin Ko’ja bu haqda tvitterda ma’lum qildi.

“Reanimatsiyada yotgan bemorlar soni, sun’iy nafas olish jihoziga bog’langan bemorlar soni va vafot etgan bemorlar sonida kun sayin kamayish davom etmoqda. Sog’ayib borayotgan bemorlarimiz soni muvaffaqiyatimizning isbotidir”,-deb yozgan Fahriddin Ko’ja tvitterda.

Ta'kidlash joizki, Turkiyada koronavirus epidemiyasi tarqalish darajasi sezilarli darajada pasaya boshladi. Mamlakat bo’ylab olingan chora-tadbirlar o’z samarasini bermoqda. Bir sutkada vafot etgan bemorlar soni kun sayin kamayib bormoqda.

Mamlakat bo'ylab koronavirus qurbonlarining umumiy soni 3520 nafarga yetdi. Shu vaqtgacha virusdan sog’ayib ketganlarning umumiy soni esa 73 285 nafarni tashkil qilmoqda.

So’nggi kunlarda virusdan sog’ayganlar soni kasallanganlar sonidan ko’p bo’lmoqda.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Fahriddin Ko'ja , #Turkiya

Aloqador xabarlar