TQKning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

TQKning terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek, qo‘shni davlatlarda ham uzluksiz davom etmoqda.

1400564
TQKning terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda

Iroqning shimolida havo amaliyoti orqali PKK terror tashkilotiga a’zo 3 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, Avashin - Basyan mintaqasida PKK terror tashkilotiga qarshi havo amaliyoti uyushtirilgan.

Vazirlik bu haqidagi bayonotida,

“Iroqning shimolidagi Avashin - Basyan mintaqasida kashfiyot va kuzatuv yo‘li orqali aniqlangan PKK terror tashkilotiga a’zo 3 terrorist, uyushtirilgan havo amaliyoti orqali yo‘q qilindi. PKK terror tashkilotiga qarshi uyushtirilgan amaliyotlarimiz qarorlilik bilan davom etmoqda” degan ifodalarga o‘rin berildi.



Aloqador xabarlar