Prezident: Turk kengashi sifatida epidemiyadan keyin ham tayyorgarlik ko’rishimiz kerak

Prezident Rajab Toyyib Erdog'an, Turk Kengashi sifatida, yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) bilan kurashni davom ettirar ekan, epidemiyadan keyingi tayyorgarlikni boshlash kerakligini aytdi.

1395478
Prezident: Turk kengashi sifatida epidemiyadan keyin ham tayyorgarlik ko’rishimiz kerak

Prezident Rajab Toyyib Erdog'an, Turk Kengashi sifatida, yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) bilan kurashni davom ettirar ekan, epidemiyadan keyingi tayyorgarlikni boshlash kerakligini aytdi.

Prezident Erdog'an, Turk tilida gaplashgan mamlakatlar Hamkorlik Kengashining "Kovid-19 tarqalishiga qarshi hamkorlik va birdamlik" mavzusidagi favqulodda videokonferensiyasi yig'ilishida so'zga chiqdi.

Umuman ko'rinmas dushmanga qarshi mushkul bir urush olib borilayotganligini ifoda etgan Erdo’g'an, Turk kengashi sammiti,  koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashda hamjihatlikni kuchaytiradi deya qayd etdi.

"Ushbu muammoli jarayondan biz kuchayib chiqishimizga ishonaman” deya qayd etdi.

 Erdo’g’an, Turkiya  virus  tarqala boshlagan lahzadan keyin  choralar  ko’rishga boshlaganlarini va hozirgacha jiddiy bir muammo bilan duch kelmaganlarini aytdi.  

"O'z ehtiyojlarimizni qondirishdan tashqari, biz birodarlarimiz bilan birga bo'lishga harakat qilamiz. Biz sizdan kelgan talablarni  ustuvor deb bilamiz” deb ta’kidlagan  Prezident shu bilan birga, epidemiya ta'sirida global ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz bilan  duch kelganlarini ham”  ta’kidladi.

Transport, bojxona, chegara o'tish joylari kabi sohalarda sog'liqni saqlash masalalarida eng amaliy yechimlarni amalga oshirish kerakligini ta'kidlagan Erdog'an, a'zo davlatlarning transport va savdo vazirlarini videokonferensiyalar orqali yig'ilishini  ham taklif qildi.

"Albatta biz koronavirus bilan urushda g'alaba qozonamiz"  degan  Prezident.

" Kurashni davom ettirar ekanmiz, biz epidemiyadan keyin ham tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Biz sog'liqni saqlash, savdo, iqtisodiyot va ijtimoiy psixologiyaga kompleks yondashishimiz, hamkorlik yo'nalishlarini aniqlab, tezkor choralar ko'rishimiz kerak” deb qayd etdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar