Prezident Erdo'g'on Kovid-19 ga qarshi kurash doirasida yangi choralarni e'lon qildi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'on yangi koronavirus (Kovid-19) ga qarshi kurash doirasida yangi choralarni e'lon qildi.

1390934
Prezident Erdo'g'on Kovid-19 ga qarshi kurash doirasida yangi choralarni e'lon qildi.

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'on yangi koronavirus (Kovid-19) ga qarshi kurash doirasida yangi choralarni e'lon qildi.

Epidemiya bo'yicha Ilmiy  kengashning  tavsiyalariga muvofiq tegishli muassasalarda o'tkazilgan muhokamalardan so'ng qarorlar qabul qilinganligini aytgan Erdo’g'an, yangi tadbirlar yarim tundan e’tiboran  boshlab amalga oshirilishini ma'lum qildi.

Shunga ko'ra, 20 yoshgacha bo'lganlar uchun  komendantlik soati joriy etilar ekan, 31 shaharga  transport vositalarining kirishi va chiqishi 15 kun bo’yicha  taqiqlangan. Ko'chaga chiqishi shart bo’lgan va gavjum joylarda bo’lishi kerak bo'lganlar albatta niqob kiyishlari majburiy holga keldi.

Ushbu ogohlantirishlarga rioya qilmagan va ziddiga harakat qilganlarga  ma'muriy va sud jazolar  ikkilanmasdan turib  tatbiq etiladi degan Prezident,

"Bizning maqsadimiz fuqarolarimizni azoblash emas, balki ularning sog'lig'ini va ular bilan aloqada bo'lganlarni odamlarni  himoya qilishdir” deya qayd etdi.

"Biz qoidalarga qanchalik ko'proq  rioya qilsak,  epidemiyaning  avj olish jarayonini ko'proq nazorat qilib  va xavfni yo'q qila olamiz”  degan Prezident

"Bizning  mamlakatimizda hayotni  qachon  normal holga aylantirishimiz  83 million sifatida bizning qo’limizdadir deya qayd etdi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar