Erdo‘g‘an, Putin va Zelenskiy bilan koronavirusga qarshi kurash masalasini qo‘lga oldi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan alohida - alohida telehon orqali muloqat qildi.

1389686
Erdo‘g‘an, Putin va Zelenskiy bilan koronavirusga qarshi kurash masalasini qo‘lga oldi
erdogan-putin
erdogan-zelensky.jpg
koruyucu elbise.jpg

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan alohida - alohida telehon orqali muloqat qildi.

Prezidentlik apparatining aloqalar bo‘limi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Prezident Erdo‘g‘an Putin bilan bo‘lgan muloqati chog‘ida yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ga qarshi kurashda hamkorlik masalalari, o‘zaro munosabatlar va mintaqaviy masalalarni qo‘lga olgan.

Kreml saroyi Matbuot xizmati tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra esa Erdo‘g‘an va Putin, Covid - 19 epidemiyasi masalasini qo‘lga olib, unga qarshi kurash uchun ko‘rilgan chora va tadbirlar haqida ham bir - biriga ma’lumot bergan.

Muloqatda, Covid - 19 tufayli Turkiyadagi rus fuqarolarning o‘z yurtlariga qayta olishlari borasidagi hamkorlik masalasi ham unutilmagan.

Ikkala lider muloqatda Idlibdagi vaziyatni yaxshilash uchun 5 - mart kuni tuzilgan rus - turk shartnomalarining yo‘lga qo‘yilishi doxil Idlib va Suriya masalasida keng ko‘lamli fikr almashgan.

Liviya masalasini ham muhokama qilgan Erdo‘g‘an va Putin, ikkala mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni qo‘lga olgan.

Prezidentlik apparatining aloqalar bo‘limi shuningdek, Erdo‘g‘anning Zelenskiy bilan bo‘lgan uchrashuvida yangi turdagi koronavirusga qarshi kurashda hamkorlik bosh bo‘lish bilan birga o‘zaro munosabatlar va mintaqaviy masalalarning qo‘lga olinganini qayd etdi.

Ukraina Davlat rahbarligi apparati tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda esa Erdo‘g‘an va Zelenskiyning butun dunyoni qurshab olgan Covid - 19 haqida gaplashgani, ikkala mamlakat fuqarolarining himoya qilinishi maqsadida ko’rilgan chora va tadbirlarni muzokara etganliklari ifoda etildi.

Bayonotda,

“Erdo‘g‘an Ukrainaning Turkiyadan sun’iy nafas olish jihozlari va koronavirusdan himoyalovchi tibbiy xalat talablarini ko‘rib chiqishini yetkazdi” degan ifodalarga o‘rin beridli.



Aloqador xabarlar