Turkiya Afg'onistonga hamdardlik bildirdi

29 mart yakshanba kuni Afg'onistonning Taxor va Zabul viloyatlarida "Tolibon" harakati tomonidan hujum sodir etilgandi. Ularda 25 nafar xavfsizlik xodimi halok bo'lgandi.

1388120
Turkiya Afg'onistonga hamdardlik bildirdi

 

 

Turkiya Afg'onistonda sodir etilgan terrorchilik harakatini qoraladi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

"Afg'onistonning Taxor, Zabul, Helmand va Bag'lan viloyatlarida 29 mart yakshanba kuni sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko'plab afg'on harbiylarning halok bo'lganligidan boxabar bo'ldik. Ushbu terror hujumlarini qoralaymiz. Hujumda halok bo'lgan harbiylarni Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin! Yaradorlarga shifo tilaymiz. Do'st va qardosh afg'on xalqiga chuqur hamdardlik bildiramiz",-deyiladi bayonotda.

Eslatma: 29 mart yakshanba kuni Afg'onistonning Taxor va Zabul viloyatlarida "Tolibon" harakati tomonidan hujum sodir etilgandi. Ayni vaqtda Bag'lan viloyatida Tolibon jangarilari bilan xavfsizlik kuchlari o'rtasida kuchli otishmalar ro'y bergandi. Ularda 25 nafar xavfsizlik xodimi halok bo'lgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #hamdardlik , #Afg'oniston , #Turkiya

Aloqador xabarlar