Turkiya Milliy ta'lim vaziri Ziyo Selchuk xalqqa murojaat qildi

Insonlarni yangi turdagi (Kovid-19) koronavirusga qarshi olinayotgan barcha chora-tadbirlarga qat'iyan amal qilishga chaqirgan Ziyo Selchuk infektsiyadan himoyalanish uchun uydan chiqmaslikni talab qildi.

1387021
Turkiya Milliy ta'lim vaziri Ziyo Selchuk xalqqa murojaat qildi

 

Turkiya Milliy ta'lim vaziri Ziyo Selchuk xalqqa murojaat qildi.

Insonlarni yangi turdagi (Kovid-19) koronavirusga qarshi olinayotgan barcha chora-tadbirlarga qat'iyan amal qilishga chaqirgan Ziyo Selchuk infektsiyadan himoyalanish uchun uydan chiqmaslikni talab qildi.

Vazir internet tarmoqlarida "Bolalardan shuni o'rgandik-ki, uyda birgalikda qiladigan juda ko'p ishimiz bor",-degan holda bir video e'lon qildi.

Ziyo Selchuk shuningdek, bolalar va ota-onalarning uyali telefonlarida "Uydan chiqma!" deb yozilgan videolaridan jamlangan tasvirlarga befarq emasligini ma'lum qildi.

"Biz shu yerdamiz. Sen uydan chiqma! Sen bizga keraksan!",-dedi Turkiya Milliy ta'lim vaziri Ziyo Selchuk ushbu video tasvirlarga javoban.

 

 


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Ziyo Selchuk , #Turkiya

Aloqador xabarlar