Anqarada koronavirusga qarshi chora-tadbirlarga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning topshirig’iga binoan o’tkazilgan yig’ilishda infektsiyaning tarqalishini oldini olish va xodimlarning salomatligi uchun olinadigan qo’shimcha chora-tadbirlar muhokama qilindi.

1383254
Anqarada koronavirusga qarshi chora-tadbirlarga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi

 

 

Kecha Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay raisligida yangi turdagi (Kovid-19) koronavirusga qarshi chora-tadbirlarga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning topshirig’iga binoan o’tkazilgan yig’ilishda infektsiyaning tarqalishini oldini olish va xodimlarning salomatligi uchun olinadigan qo’shimcha chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Chankaya ko’shkida bo’lib o’tgan yig’ilishda Ichki ishlar vaziri Sulaymon So’ylu, Mehnat va ijtimoiy xizmatlar vaziri Zuhro Zumrat Selchuk va prezidentlik huzuridagi idoriy ishlar bo’limi rahbari Metin Kiratli ishtirok etdi.

So'ngi ma'lumotga ko'ra, Turkiyada koronavirusdan vafot etganlar soni 30 kishiga yetdi. Kasallanganlar soni 1236 kishini tashkil qilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #Turkiya

Aloqador xabarlar