Turkiya koronavirusni 15 daqiqada aniqlash tizimidan foydalanmoqchi

Turkiya yangi turdagi koronavirus (Kovid - 19) infeksiyasini 15 daqiqada aniqlash tizimidan foydalanmoqchi.

1382155
Turkiya koronavirusni 15 daqiqada aniqlash tizimidan foydalanmoqchi

Butun dunyoni qurshab olgan yangi turdagi koronavirus (Kovid - 19) infeksiyasini aniqlash uchun yana da qisqa vaqt ichida, yana da ko‘proq insonlar ustida test o‘tkazilishi zarur. Shu bois ham Turkiya buni 15 daqiqada aniqlash tizimidan foydalanmoqchi.  

Sog‘likni Saqlash vaziri Fahrettin Ko‘ja kecha Turkiya Buyuk Millat majlisida bergan ma’lumotida natijaga tez erishish imkoni bergan diagnostika vositalarining Turkiyaning har bir viloyatlariga tarqatish haqida qaror qabul qilinganini qayd etdi.

Mahalliy diagnostika vositasi orqali qariyb kamida 60, eng ko‘p 90 daqiqada natijaga erishilar ekan yangi diagnostika vositasi orqali qariyb 15 daqiqada tashhis qo‘yish imkoni bor.  

Yana da keng qamrovli bo‘lgan mahalliy diagnostika vositasidan ham foydalanish jarayonining davom etishi eslatib o‘tilar ekan, yana da ko‘proq kishi ustidan test o‘tkazish niyatida natijaga tez erishish imkoni bergan diagnostika vositasidan foydalanish jarayonining boshlashi qayd etildi.

Natijaga tez erishish imkoni bergan diagnostika vositalaridan eng avvalo davlat sog‘liqni saqlash laboratoriyalarida foydalanilar ekan, ehtiyoj tug‘ilgudek bo‘lsa unda mamlakatning boshqa viloyatlarida ham yo‘lga qo‘yiladi.

Ikkala diagnostika vositasida ham shilliq qavatli a’zolaridagi shu jumladan lablari, burni yo ko‘zidan namuna sifatida olingan surtma ustida tekshiruv ishlari yuritiladi.   

 



Aloqador xabarlar