TQK tomonidan oxirgi bir oyda 286 terrorist yo‘q qilindi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan terrorga qarshi kurash doirasida oxirgi bir oyda PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 286 terrorist yo’q qilindi.

1377736
TQK tomonidan oxirgi bir oyda 286 terrorist yo‘q qilindi

Turk Qurolli kuchlari tomonidan terrorga qarshi kurash doirasida oxirgi bir oyda PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 286 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi terrorga qarshi kurash bo‘yicha bayonot berdi.

Ushbu bayonotga ko‘ra Suriyada “Tinchlik bulog‘i” amaliyoti olib borilgan hududda bir oyda 155 terroristning yo‘q qilingan.

Manbijdan “Firot qalqoni” amaliyoti olib borilgan hududga 37, Tel - Rifatdan “Zaytun novdasi” amaliyoti olib borilgan hududga 7, Turkiya va mamlakatga qo‘shni hududdagi amaliyotlarda 87 terrorist yo‘q qilingan.

Bayonotda shuningdek, Idlibdagi turk kuzatuv nuqtalarining o‘z vazifasini davom ettirgani, og‘ir qurollardan voz kechilmasligi ifoda etildi.

Poytaxt Anqaradagi rus harbiy hay’ati bilan Idlib masalasi ustidan o‘tkazilgan muzokaralarga ham to‘xtalgan bayonotda, nomi tilga olingan hududda turk va rus qo‘shma patrullik xizmatining 15 - martdan e’tiboran boshlashi ham ta’kidlandi.



Aloqador xabarlar