Kovid-19  bilan kurashda Turkiya ham bundan keyin tashlaydigan qadamlarini belgiladi.

Kovid-19  bilan  faol  kurashib  o’rnakk bo’lgan Turkiya ham  bundan keyin  tashlaydigan qadamlarini belgiladi.

1377404
Kovid-19  bilan kurashda Turkiya ham bundan keyin tashlaydigan qadamlarini belgiladi.

Kovid-19  bilan  faol  kurashib  o’rnakk bo’lgan Turkiya ham  bundan keyin  tashlaydigan qadamlarini belgiladi.

Prezident matbuot kotibi  İbrahim Kalin, Prezident Rajap Tayyip Erdog'an boshchiligida Prezidentlik  majmuasida vazirlar va tegishli muassasalarning  ishtirokida o'tkazilgan koronavirus yig'ilishidan keyin jurnalistlarga  ma’lumot  va savollariga javob berdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdog'anning chet el safarlari ham   ma'lum bir  muddat orqaga surilishini bildirdi

Mamlakat bo'yicha amalga oshirilgan ba'zi choralar quyidagicha:

"Avvalo, boshlang'ich, o'rta va  litsey  maktablari 16 martdan boshlab bir hafta davomida ta'tilga chiqadi. 23 martdan boshlab bizning o'quvchilarimizga internet va televizor kanallari orqali  ta’limga  davom ettirish imkoniyati beriladi.

Ikkinchidan, bizning universitetlarimiz 16 martdan boshlab 3 hafta davomida ta'tilga chiqishadi.

Mutaxassislarning tavsiyalari sport musobaqalari  aprel oyining oxirigacha tomoshabinsiz  o'tkazishga qaror qilindi. "

Boshqa tomondan, Madaniyat va turizm vazirligi barcha badiiy tadbirlar 14- martdan aprel oyining oxirigacha kechiktirildi.

Davlat xizmatchilariga  ham chet elga chiqishi taqiqlandi, maxsus holatlarda chet elga sayohat qilish ruxsat olishga bog’liqdir.

Ayni paytda, Sog'liqni saqlash vaziri Fahrettin  Ko’ja , 2- koronavirus holati  Turkiyada aniqlanganini  e'lon qildi.

Vazir Ko’ja , tvittirdan  bergan bayonotida

"Ikkinchi holat birinchi kasallanganing  va  karantinga olingan kishining  yaqin doirasidan kelib chiqqan" deya  bildirdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ta'til , #Universitet , #Makatab , #Kurash , #Kovid-19 , #Turkiya

Aloqador xabarlar