Prezident Erdo’g'an Bryussedan keyin samolyotda jurnalistlarning savollariga javob berdi.

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, Yevropa Ittifoqi (YI) kengashi prezidenti Charlz Mishel va YI komissiyasi raisi  Ursula von der Leyen bilan Turkiyaning duch kelgan xavfsizlik tahdidini ko’rib chiqdik dedi.

1375677
Prezident Erdo’g'an Bryussedan keyin samolyotda jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an,  Belgiyaning  poytaxti Bryusselda  kecha, NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, Yevropa Ittifoqi (YI) kengashi prezidenti Charlz Mishel va YI komissiyasi raisi  Ursula von der Leyen bilan Turkiyaning duch kelgan xavfsizlik tahdidini ko’rib chiqdik dedi.

Prezident Erdo’g'an Bryussel uchrashuvlaridan keyin samolyotda jurnalistlarning savollariga javob berdi.

 Turkiya o’z eshiklarini ochishi bilan Gretsiya orqali Yevropaga og'ir oqimini boshladi degan Erdo’g’an, boshpana so'rayotganlar qochqinlar mavzusida  yo'l xaritasi belgilash uchun Turkiya bilan  Yevropa Ittifoqi   birgalikda harakat qiladi deya qayd etdi.

Yo'l xaritasini aniqlaydigan guruhning boshida Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g'lu va Yevropa ittifoqi oliy vakili Yozef Borell boshchilik qilishini ta'kidlagan Erdo’g'an, 26 mart kuni bo'lib o'tadigan Yevropa İttifoqi sammitigacha masofani bosib o'tishni  umid qilganliklarini bildirdi.

 

Erdo’g'an, seshanba kuni İstanbulda Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan uch tomonlama yig'ilish o'tkazishini va Angliya Bosh vaziri Boris Jonsonning  ishtirok etishi kun tartibida ekanligini bildirdi.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tahdidi , #Xavfsizlik , #NATO , #Turkiya

Aloqador xabarlar