Erdo'g'an Gretsiyaning qochqinlar va migrantlarga nisbatan munosabatini “jinoyat” deb atadi

Prezident Rajab Toyib Erdog'an Gretsiyaning boshpana izlovchilarga bo'lgan munosabati jinoyat  ekanligini aytdi.

1375703
Erdo'g'an Gretsiyaning qochqinlar va migrantlarga nisbatan munosabatini “jinoyat” deb atadi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Gretsiyaning qochqinlar va migrantlarga nisbatan munosabatini “jinoyat” deb atadi.

Erdo’g’an Turkiya orqali Gretsiyaga o’tib, u yerdan Yevropaga otlangan qochqinlar va migrantlarga Gretsiya chegarasida ko’rsatilgan vahshiylikni keskin qoralagan Erdo’g’an: “Chegaralarda qochqinlarga nisbatan ko’rsatilayotgan yomon muomala bir jinoyat ekanligini bilishlari darkor. Buning javobini beradilar. Qip-yalang’och qilib yechintirgan insonlarning rasmlarini BMT umumiy kengashida barchaga ko’rsatamiz. Gretsiyaga shunday taklifim bor, chegaralarni oching, bu insonlar Yevropaning boshqa davlatlariga o’tib ketsin!”,-dedi.

6 martta kuchga kirgan Idlibda sulh rejimi to’la amal qilinayotganligini aytgan Erdo’g’an, Suriyani qayta tiklash uchun Rossiya prezidenti Putinga bir taklif bilan murojaat qilganligini ma’lum qildi.

Erdo’g'an,

"Bu yerdan olingan neft yordamida biz ishning  pudratchilik  tomonini qilamiz. Agar siz moliyaviy tomondan qo'llab-quvvatlasangiz, bu vayron bo'lgan Suriyani qaytadan quraylik. Putin:" bo'lishi mumkin” dedi. Ayni taklifni AQSh Prezidenti Donald Trampga ham  qilaman” deya qayd etdi.

5 mart kuni Rossiyaga tashrifi bilan bog'liq Rossiya matbuotidagi qora tashviqotga ishora qilgan Erdo’g'an.

"Turkiya va Rossiya munosabatlari mediatik  manipulyatsiyalarga qurbon qilish mumkin emas.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Zulm , #Qochin , #Jinoya , #Prezidnet Erdog'an

Aloqador xabarlar