Kecha Idlibda tan jarohati olgan turk askari, bugun shahid bo‘ldi

Idlibda tinchlik o‘rnatish uchun Turk Qurolli kuchlari tomonidan olib borilgan “Bahor qalqoni” amaliyoti maydoniga qarshi Asad rejimi tomonidan o’q uzildi.

1372867
Kecha Idlibda tan jarohati olgan turk askari, bugun shahid bo‘ldi

Suriyaning Idlib shahrida Bashar al-Asad rejim unsurlari tomonidan uyushtirilgan hujumda tan jarohati olgan askar, Turkiyaning Hatay viloyatiga qarashli Reyhanli tumanidagi davlat kasalxonasida shahid bo‘ldi.

Idlibda tinchlik o‘rnatish uchun Turk Qurolli kuchlari tomonidan olib borilgan “Bahor qalqoni” amaliyoti maydoniga qarshi Asad rejimi tomonidan uzilgan o‘q natijasida kecha tan jarohati olgan askar bugun shifokorlarning barcha urinishlariga qaramay qutqarib qolinolmadi.

Gaziantep shahar hokimligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda,

“Idlibdagi taranglikni kamaytirish hududida uyushtirilgan hujum oqibatida vatan o‘g‘loni, hamqishlog‘imiz shahid bo‘ldi. Shahidimizga Olloxdan raxmat, oilasiga chuqur hamdardlik bildiramiz” degan ifodalarga o'rin berdi.


Tanlangan kalimalar: #shahid , #Bahor qalqoni , #Idlib

Aloqador xabarlar