Turkiyaning Idlibda kutgan eng asosiy niyati sulh tuzishdir

Turkiya prezidenti matbuot xizmati kotibi Ibrohim Kalin Erdo’g’an raisligida o’tkazilgan vazirlar kengashi yig’ilishidan so’ng matbuotga brifing berdi.

1372387
Turkiyaning Idlibda kutgan eng asosiy niyati sulh tuzishdir

 

 

Turkiya prezidenti matbuot xizmati kotibi Ibrohim Kalin Rossiyaga safari oldidan Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an raisligida o’tkazilgan vazirlar kengashi yig’ilishidan so’ng matbuotga brifing berdi.

U brifingda prezident Rajap Tayyip Erdo’g’anning bugun Rossiyaga jo’nab ketishi haqida ma’lumot berdi.

“Prezident Erdo’g’an Idlibda ro’y berayotgan hodisalar bo’yicha hamfikr vaziyatda kelishuv tuzish umidida Rossiyaga otlanmoqda. Turkiyaning Idlibda kutgan eng asosiy niyati sulh tuzishdir.  Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi bilan 2018 yilda imzolangan Idlib memorandumi doirasida tezkor sulh bitimini ta’minlashdir”,-deb aytgan Turkiya prezidenti matbuot xizmati kotibi.

Ayni vaqtda, Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham Moskvada xavfsizlik kengashi yig’ilishini o’tkazmoqda.

Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Putin raisligida o’tgan xavfsizlik kengashi yig’ilishida Idlib masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, Rossiya va Turkiya o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning Moskvaga tashrifi munosabati bilan olib borilayotgan tayyorgarliklar ko’zdan kechirildi”,-deyiladi ma’lumotda.

 

 



Aloqador xabarlar