Prezident Erdo‘g‘an Vladimir Putin bilan Idlib masalasi ustidan muloqat qildi

Suriyaning Idlib viloyatidagi rejim kuchlari hujmi oqibatida 33 nafar turk askarining shahid qilinishi ortidan Turkiya va Rossiya o‘rtasida oliy darajadagi birinchi aloqa o‘rnatildi.

1368502

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an bilan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning uchrashuv o‘tkazganini ma’lum qildi.

Lavrov ikkala liderning Idlibdagi kelishuvlarning qanday yo‘lga qo‘yilishi ustidan muloqat qilganini qayd etdi.

Kreml tomonidan berilgan bayonotda esa Prezident Erdo‘g‘an bilan Vladimir Putinning Idlibdagi vaziyatni yaxshilash uchun qo‘shimcha tadbirlar olish borasida kelishib olganliklari aytildi.

Prezidentlik apparatining aloqalar bo‘limi rahbari Fahrettin Altun, “Eng qisqa vaqt ichida yuzma-yuz uchrashish haqida qaror qabul qilganliklarini” ma’lum qildi.

Tanlangan kalimalar: #shahid , #turk askari , #Idlib

Aloqador xabarlar