Turkiya va Eron o‘rtasidagi yo‘lovchi uchoqlari qatnovi vaqtinchalik to‘xtatildi

Turkiya yangi turdagi koronavirus epidemiyasiga qarshi qat’iy chora ko‘rmoqda.

1367724
Turkiya va Eron o‘rtasidagi yo‘lovchi uchoqlari qatnovi vaqtinchalik to‘xtatildi

Ma’lum bo‘lganidek yangi turdagi koronavirus Uxanda paydo bo‘ldi lekin dunyoning boshqa davlatlarida shu jumladan Eronda ham qayd etila boshladi.

Shu bois Turkiya ham ushbu epidemiyaga qarshi qat’iy chora ko‘rmoqda.

Mazkur choralar asosida Turkiya va Eron o‘rtasidagi yo‘lovchi uchoqlari qatnovi bugun vaqtinchalik to‘xtatildi.

Fuqaro aviatsiyasi Bosh boshqarmasi Turkiya bilan Eron o‘rtasidagi yo‘lovchi uchoqlarining ikkinchi e’longacha vaqtinchalik to‘xtatilganini ma‘lum qildi.

Ushbu boshqarma tomonidan Twitter orqali berilgan bayonotga ko‘ra Turkiya bilan Eron o‘rtasidagi qatnovlar haqidagi postida:

“Turkiya bilan Eron o‘rtasidagi yo‘lovchi uchoqlari ikkinchi e‘lonlargacha to‘xtatildi. Erondan Turkiyaga qatnagan uchoqlar yo‘lovchisiz kelar ekan Turkiyadan Eronga ketadigan uchoqlarning yo‘lovchi olib ketishiga ruxsat beriladi. Reyslarda turk yo‘lovchi tashilmaydi” degan ifodalarga o‘rin berildi.



Aloqador xabarlar