Turk hay’ati Moskvada rus hay’ati bilan Idlib masalasini qo’lga oldi

Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Sedat O’nal yetakchiligidagi turk hay’ati rus hay’ati bilan Idlib masalasini qo’lga oldi.

1361308
Turk hay’ati Moskvada rus hay’ati bilan Idlib masalasini qo’lga oldi

Turk va rus hay’ati tomonidan Suriyaning Idlib viloyatidagi taranglikni kamaytirish hududidagi oxirgi vaziyatni qo’lga olish maqsadida Rossiya poytaxti Moskvada uyushtirilgan uchrashuvlar kecha bo’lganidek bugun ham davom etmoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi binosida mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da, matbuotga yopiq ravishda boshlagan uchrashuvda diplomatlar, harbiy yetakchilar va razvedka tashkiloti boshliqlari ishtirok etmoqda.

Turk hay’atiga Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Sedat O’nal, rus hay’atiga esa Rossiya Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Sergey Vershinin va Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning Suriya masalalari bo’yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentyev raislik qilmoqda.

Diplomatik manbaalardan olingan ma’lumotga ko’ra Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Sedat O’nal yetakchiligidagi turk hay’at kecha rus hay’ati bilan Idlib masalasini qo’lga olgandi.

Unda Suriyaning Idlib mintaqasidagi oxirgi vaziyat qo’lga olingan.

Turk hay’ati mintaqadagi taranglikning jadal ravishda kamaytirilishi va insonlar ahvolining bundan ham yomonlashmasligining oldi olinishi kerakligini ta’kidlagandi.

Uchrashuvda shuningdek, Idlibda Sochi kelishuviga butunlay amal qilinishi va paymollarga to’siqlik qilinishi uchun kerakli choralarning ko’rilishi masalalari muhokama qilingandi.

Uchrashuvlarning bugun ham davom etishi qayd etilgandi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #turk hay'ati , #Idlib , #rus hay'ati

Aloqador xabarlar