Turkiya TIV rahbari Idlibda halok bo'lgan turk askarlarining oilalariga ta'ziya bildirdi

"Idlibda halok bo'lgan askarlarimizni Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin! Yarador askarlarga shifo tilayman! Xalqimizga hamdardlik izxor etaman! Xoinlarga keskin zarba berildi. Ulug' armiyamiz o'z kuchini ko'rsatadi",-deb aytgan Turkiya TIV rahbari.

1356749
Turkiya TIV rahbari Idlibda halok bo'lgan turk askarlarining oilalariga ta'ziya bildirdi

 

Turkiya Milliy mudofaa vazirligi Suriya shimolida, Idlib viloyati hududidagi kuzatuv punktlariga Bashar Asad armiyasi tomonidan hujum uyushtirilgani va bu hujum oqibatida besh askar halok bo‘lib, yana besh askar jarohatlangani haqida ma'lum qildi.

"Suriya rejimi harbiylari tomonidan Idlib hududida amalga oshirilgan artilleriya hujumi oqibatida besh nafar askarimiz halok bo‘lib, besh askar jarohatlandi. Javob zarbasi qaytarildi",-deyiladi bayonotda.

Turkiya Oliy majlisi rahbari Mustafo Shento'p ham Suriyada rejim kuchlari tomonidan Turkiya qurolli kuchlari harbiy xizmatchilariga qarata sodir etilgan hujumga munosabat bildirdi.

"Hududlarida hukmronlik urushlariga bas kela olmagan Suriya rejimi qahramon turk askarini o'qqa tutdi. Bu Turkiyaning mintaqada tinchlik o'rnatish tashabbuslarining qanchalik ahamiyatli ekanligini ko'rsatadi. Turkiya tinchlik uchun qat'iyligini davom ettiradi",-dedi Mustafo Shento'p.

Mustafo Shento'p Turkiya tashqi ishlar vazirligida Rossiya delegatsiyasi bilan muzokaralar davom etar ekan, Idlibdan kelgan "qora xabar" yurakni larzaga solganligini ta'kidladi.

Mustafo Shento'p halok bo'lgan turk askarlarining oilalariga va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi, yaradorlarga shifo tiladi.

Turkiya TIV rahbari Mavlud Chavushog'li Idlibda halok bo'lgan turk askarlarining oilalariga ta'ziya bildirdi.

"Idlibda halok bo'lgan askarlarimizni Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin! Yarador askarlarga shifo tilayman! Xalqimizga hamdardlik izxor etaman! Xoinlarga keskin zarba berildi. Ulug' armiyamiz o'z kuchini ko'rsatadi",-deb aytgan Turkiya TIV rahbari.

 



Aloqador xabarlar