Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Mustafo Akinjining Turkiya haqidagi so'zlari qoralandi

Mustafo Akinji Buyuk Britaniya matbuotiga bergan intervyusida "Turkiyaga to’be bo’lish ehtimolini “dahshat”" deb baholagandi.

1355911
Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Mustafo Akinjining Turkiya haqidagi so'zlari qoralandi

 

Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Mustafo Akinjini Buyuk Britaniya matbuotiga bergan intervyusi tufayli tanqid qildi.

Mustafo Akinji matbuotga bergan intervyusida Turkiyaga to’be bo’lish ehtimolini “dahshat” deb baholagandi.

Fuat Oktayning so’zlariga ko’ra, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Mustafo Akinjining ushbu so’zlari o’z maqomiga yarashmadi.

“Har qanday sharoitda Shimoliy Kipr Turk Respublikasini qo’llab-quvvatlagan, uning huquq va manfaatlarini himoya qilgan Turkiya Respublikasi uchun sarf etilgan ifodalarni qoralayman. Vizyonsiz siyosiy qarashlar bilan Turkiya Respublikasini Shimoliy Kipr Turk Respublikasida saylov o’ljasi qilishiga aslo yo’l qo’ymaymiz”,-deb yozadi Turkiya vitse-prezidenti tvitterdagi sahifasida.

Turkiya Oliy majlis raisi Mustafo Shentop esa “Akinjining intervyusini “Katta tarixiy xato” deb atadi.

Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi rahbari Fahriddin Altun ham Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Mustafo Akinjining Turkiya haqidagi qarashini tanqid qildi.

“Shahidlarimizning aziz ruhini ranjida qiladigan bunday ifodalar turk xalqi nazarida o’z e’tiborini yo’qotgan bir siyosatchining vasvasaga tushganligini ko’rsatadi”,-dedi Fahriddin Altun.

Adolat vaziri Abdulhamid Gul Mustafo Akinjining Turkiya haqidagi so’zlari avvalo ajdodi va aziz shahidlarni ranjida qilganligini ma’lum qildi.

Ak partiya rahbar vakili Numan Kurtulmush ham bunga munosabatini bildirdi.

“Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti sifatida bunday noo’rin ifoda bildirish aslo qabul qilib bo’lmaydigan ish. Bu so’zlar Kipr turklariga va u yerda Turkiyaning, qolaversa aziz xalqimizning tarixda qilgan kurashiga hurmatsizlikdir. Bu juda katta xatodir”,-dedi Numan Kurtulmush .

MXP rahbari Devlet Bahcheli:“Mustafo Akinji o’z sharafi bilan vazifasidan iste’fo etishini kutib qolamiz va umidvormiz”,-dedi.



Aloqador xabarlar