Prezident Erdo’g’an, Turkiyadagi sport turizmining kelajagini ijobiy baholadi

Istanbulda “Burhan Felek” nomidagi yengil atletika markazining ochilish marosimida ishtirok etgan Erdo’g’an, sport sohasida amalga oshirilgan faoliyatlarga to’xtaldi.

1355708
Prezident Erdo’g’an, Turkiyadagi sport turizmining kelajagini ijobiy baholadi

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an har tarmoqda bo’lganidek sport sohasida ham oxirgi 17 yil davomida dunyoda misli ko’rinmagan darajada ajoyip loyihalar yo’lga qo’yganliklarini qayd etdi.

Istanbulda “Burhan Felek” nomidagi yengil atletika markazining ochilish marosimida ishtirok etgan Erdo’g’an, sport sohasida amalga oshirilgan faoliyatlarga to’xtaldi.

Bu haqida,

“Sport markazlari qurish orqali yurtimizni sport turizmida ham dunyoning eng e’tiborga molik davlatlaridan biriga aylantiramiz” dedi.

Yurtimiz nomidan olimpiada musobaqalarida ishtirok etadigan sportchilarga ishonchi komil ekanini belgilab o’tgan Erdo’g’an,

“Bu yilgi olimpiadalarda sportchilarimizdan ko’p narsa kutamiz. Yurtimiz nomidan ishtirok etadigan sportchilarimizga ishonchimiz komil” degan ifodalarga o’rin berdi.

Prezident Erdo’g’an o’z so’zida yaqindagina taniqli basketbolchi Shane Larkinning Turkiya Milliy terma jamoasini tanlaganini eslatib o’tgan holda,

“Basketbol sportining nufuzli o’yinchilaridan biri Shane Larkin bundan buyon oy - yulduzli forma bilan kuch sinashadi” dedi.

 

 



Aloqador xabarlar