Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’lu, Suriyadagi oxirgi vaziyatga to’xtaldi

Mevlut Chavusho’g’lu poytaxt Anqarada Turkiyaning “Takror Osiyo” siyosati ustidan Osiyo davlatlarining poytaxtidagi diplomatik vakolatxona vakillari bilan o’tkazilgan yig’ilishda nutq so’zladi.

1353039
Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’lu, Suriyadagi oxirgi vaziyatga to’xtaldi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu Suriyada turk askarlarini nishonga olgan hujumlarga kerakli javobning berilganini, bundan keyin ham berilajagini qayd etdi.

Mevlut Chavusho’g’lu poytaxt Anqarada Turkiyaning “Takror Osiyo” siyosati ustidan Osiyo davlatlarining poytaxtidagi diplomatik vakolatxona vakillari bilan o’tkazilgan yig’ilishda nutq so’zladi.

Unda, uzoq vaqtdan beri Suriya inqirozini hal qilishga uringanliklarini ta’kidlagan Chavusho’g’lu

“Oxirgi vaqtlarda Idlibdagi taranglik avj oldi. Kecha ham 8 shahidimiz bor edi. Rejimning hujumkorligi va surbetligi ortmoqda. Rossiya bilan uni to’xtatishga harakat qilyapmiz. Shu maqsadda kecha (Rossiya Tashqi ishlar vaziri) Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqat qildim” dedi.  

Suriya inqirozini hal qilish borasida Rossiyaning katta javobgarchiligi borligini belgilab o’tgan Chavusho’g’lu,

“Tezlik bilan muammoni butunlay qilish va konstitusion komissiya bilan birgalikda siyosiy jarayonga jadallik qozondirishni xohlaymiz. Lekin bizni nishonga olgan hujumlarin ko’rmaslikka ololmaymiz. Kerakli javobni berdik, bundan keyin ham berishni davom etamiz” degan ifodalarga o'rin berdi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu Ostona va Sochi jarayonlarining butunlay to’xtamaganligini lekin ziyon ko’ra boshlaganini ifoda etdi.

Chavusho’g’lu Rossiyaning, “Bashar al-Asad rejimini to’la nazorat qilolmayapmiz” degan bahonalarini noto’g’ri deb topganliklarini ham o’z so’ziga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar