Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar Gretsiyaga e’tiroz bildirdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar Egey dengizidagi 23 oroldan 16 tasining Gretsiya tomonidan shartnomalarga qarshi qurollantirganini qayd etdi.

1346280

Hulusiy Akar mavzu haqida poytaxt Anqaradagi Roketsan Roket Sanoat va savdo anonim shirkatiga bo’lgan tashtirifi chog’ida bayonotlar berdi.

Egey dengizidagi muammolarning yaxshi qo’shnichilik munosabatlari doirasida hal qilinishi uchun kerakli barcha faoliyatlarni yo’lga qo’yganliklarini ifoda etgan Hulusiy Akar, “Tegishli kishilar bilan bo’lgan uchrashuvlarimizda ham aytganimizdek haqqimizni hech qachon yedirib qoymaymiz” dedi.

Gretsiyaga bo’lgan e’tirozini davom ettirgan Akar, Gretsiya “Hammasi men xohlagandek bo’lsin” demoqchi ammo qoidalar, usullar, xalqaro huquq bor. Hammasi siz xohlagandek bo’lolmaydi deya gapirdi.  

Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar, Sharqiy O’rta yer dengizi va Kiprda Turkiya o’rin olmagan biron-bir loyihaning yo’lga qo’yilishining imkonsiz ekanligini 3ham o’z so’ziga ilova etdi.

Tanlangan kalimalar: #Hulusiy Akar , #Gretsiya

Aloqador xabarlar