Istanbulda Turkiya va Rossiya prezidentlarining o'zaro uchrashuvi bo'lib o'tdi

Uchrashuvda Eron-AQSh munosabatlarining tobora keskin tus olib borayotganligi, shuningdek, Suriya va Liviyadagi vaziyat muhokama qilindi.

1337169
Istanbulda Turkiya va Rossiya prezidentlarining o'zaro uchrashuvi bo'lib o'tdi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin kecha oqshom Turkiyaga tashrif buyurdi.

Vladimir Putin bugun Istanbulda bo’lib o’tadigan Turk oqimi quvur tarmog’ining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

Tadbir oldidan Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Erdo’g’an oliy martabali mehmonni Istanbuldagi Halich kongress markazida kutib oldi.

Ikki yetakchining o’zaro uchrashuvi 1 soat 45 daqiqa davom etdi.

Uchrashuvda Eron-AQSh munosabatlarining tobora keskin tus olib borayotganligi, shuningdek, Suriya va Liviyadagi vaziyat muhokama qilindi.

 



Aloqador xabarlar