Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Eron va Iroq prezidentlari bilan muloqot qildi

Erdo’g’an eronlik general Qosim Sulaymoniyning Bag‘dodda amerikalik harbiylar tomonidan o‘ldirilganligi munosabati bilan ta’ziya bildirdi.

1334943
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Eron va Iroq prezidentlari bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Eron prezidenti Hasan Ruhoniy va Iroq prezidenti Barhom Solih bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, prezidentlarning muloqoti chog’ida mintaqadagi vaziyat muhokama qilindi.

Erdo’g’an eronlik general Qosim Sulaymoniyning Bag‘dodda amerikalik harbiylar tomonidan o‘ldirilganligi munosabati bilan ta’ziya bildirdi.

Erdo’g’an diplomatik sa’y-harakatlarning ahamiyatiga to’xtalib, Eronni keskinlikni kuchaytiradigan harakatlardan uzoq turishga chaqirdi.

Turkiya prezidenti Erdo’g’an bilan Iroq prezidenti Barhom Solih o’rtasida bo’lib o’tgan muloqotda ham mintaqadagi vaziyat muhokama qilindi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Rajap Tayyip Erdo’g’an , #Eron , #Iroq , #Turkiya

Aloqador xabarlar