Erdo'g'an, Syriza partiyasining terror tashkilotining boshpanasiga aylanganligini qayd etdi

Prezident Erdo'g’an, NATO tarkibidagi davlatlarning liderlari yig’ilishida ishtirok etish uchun Angliya poytaxti Londonga borar ekan u yerda ommaviy axborot vositasi vakillari bilan uchrashdi.

1318452
Erdo'g'an, Syriza partiyasining terror tashkilotining boshpanasiga aylanganligini qayd etdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an Gretsiyada Syriza partiyasining DHKP-J, PKK/YPG va Fetullahchi terror tashkiloti FETOning boshpanasiga aylanganligini qayd etdi.

Prezident Erdo'g’an, NATO tarkibidagi davlatlarning liderlari yig’ilishida ishtirok etish uchun Angliya poytaxti Londonga borar ekan u yerda ommaviy axborot vositasi vakillari bilan uchrashdi.

Muhojirlar masalasida Yevropa ittifoqining Turkiyani yolg’iz qoyganligini, bergan va’dalarini bajarmaganligini bu haqida YI tarkibidagi davlatlarning liderlariga aytganligini eslatib o’tgan Erdo’g’an, Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Michotakis bilan shu haqida gaplashganligini qayd etdi.

Shuningdek Gretsiya Bosh vazirini nazarda tutgan holda,

“Muhojirlar masalasida muammolarimiz boru lekin biz nima ham qila olardik deyish o’rniga YIga a’zo sifatida barcha say-harakatlaringni o’rtaga qo’y. Ittifoqdan ham yordam so’ra. Bu vaziyat muhojirlar masalasida yana da ijobiy tusda muomala qilishimizga yo’l ochadi” dedi.  

Erdo’g’an, Gretsiya Bosh vaziri Michotakis bilan bo’lgan uchrashuvida terrorizmga qarshi kurashda Gretsiyadan ham yordam kutilayotganligini ham yetkazgan.

Prezident Erdo'g’an shuningdek,

Kechagi Michotakis bilan bo’lgan uchrashuvda DHKP-J, PKK/YPG va Fetullahchi terror tashkiloti FETO a’zolarining to’xtamay Gretsiyaga borganligini va olingan ma’lumotlarga ko’ra Syriza partiyasining ular uchun boshpanaga aylanganligini, shunday ekan ularga qarshi kerakli javobning berilishi kutilayotganligini, eng muhimi bu vaziyatning Turkiyaning Gretsiyaga bo’lgan yordamini orttirishiga yo’l ochishini ifoda etganligini bildirdi.   

 



Aloqador xabarlar