Prezident Erdo'g'an Angliya poytaxti Londonda

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an NATO tarkibidagi davlatlarning liderlari yig’ilishida ishtirok etish maqsadida Angliya poytaxti Londonda.

1316961
Prezident Erdo'g'an Angliya poytaxti Londonda

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an NATO tarkibidagi davlatlarning liderlari yig’ilishida ishtirok etish maqsadida Angliya poytaxti Londonda.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anni Stansted aeroportida Qirolicha Yelizaveta II ning mintaqaviy vakili o'rinbosari Lord Vincent Thompson, Angliya Tashqi ishlar vazirligi vakili David Pearey, Turkiyaning Londondagi elchisi Umit Yalchin va elchixona xodimlari kutib oldi.

Londonga Prezident Erdo'g’an bilan birga rafiqasi Emine Erdo’g’an, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu, Milliy Mudofaa vaziri Hulusiy Akar, G'aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak, Adolat va taraqqiyot partiyasi Matbuot xizmati kotibi O’mer Chelik, Izmirdan Adolat va taraqqiyot partiyasi deputati Binali Yildirim, Prezidentlik apparatining aloqalar bo’limi raisi Fahrettin Altun va Prezidentlik apparatining Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin ham yetib bordi.


Tanlangan kalimalar: #Prezident Erdo'g'an , #London , #NATO

Aloqador xabarlar